Surxondaryo viloyati Uzun tumani 13-sonli MTMda tarbiyachining bolalarga baland ovozda baqirib, ularni qo‘rqitayotgani va shunga o‘xshash harakatidagi holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Zamon dasturi xabar berishiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, hodisa bo‘yicha tuman prokuraturasidan taqdimnoma berildi.

O‘rganish jarayonida mazkur bolalar bog‘chasi tarbiyachisi ishdan bo‘shatildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazosi berildi.

Bundan avval, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13 MTM mudirasining «mehnat shartnomasi» bog‘cha tarbiyalanuvchisini kaltaklagani uchun bekor qilingan edi.