Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 9 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 6,17 so‘mga arzonladi va 10 473,07 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 28,28 so‘mga pasaydi va 12 426,30 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,76 so‘mga qimmatladi va 135,81 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 11 so‘mga qimmatlab, jami 10 479 so‘mni tashkil qilgandi.