6 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda farmatsevtika zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

«Emlashdan keyin uning salomatligi yaxshi. Nojo‘ya ta’siri bo‘lmadi. Prezident faqatgina Qozog‘iston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitetni shakllantirish orqali koronavirusni yengish, barcha cheklovlarni olib tashlashga va fuqarolarning oddiy hayoti, iqtisodiy faoliyatning tiklanishini ta’minlashga imkon berishiga amin», — deya ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi.

Mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlangan edi. Uning aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilinmagan.