Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olmpiya o‘yinlarida ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Sports in DPR Korea`ga tayanib.

“KXDR Olimpiya qo‘mitasi umumiy yig‘ilish va muhokamadan so‘ng, qo‘mita a’zolarining taklifiga binoan, sportchilarni xavfli virus (koronavirus — tahr.) sabab kelib chiqqan global sog‘liqni saqlash inqirozidan himoya qilish maqsadida 32-Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaslikka qaror qildi”, — deya xabar bermoqda portal.

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab Tokio Olimpiadasi 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgan edi. Bu yilgi o‘yinlar 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi COVID-19 tarqalishi xavfi sababli Yaponiyada o‘yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o‘tkazish to‘g‘risida qarorni rasman e’lon qildi.