4 aprelda kunduz kuni va 5 aprelda kechasi O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Respublika bo‘yicha barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘ldi. Baland tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylandi.

Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchaydi, ayrim punktlarda esa kuchayish 22−25 m/s gacha bo‘ldi.

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havoning o‘zgarib turishi, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, markaziy va sharqiy hududlarda havo 15−17° iliqgacha, shimoliy va janubiy hududlarda 20−25° iliqgacha isiydi.

6 aprelda respublikaning shimoliy hududlariga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18−20° iliqgacha isiydi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

7−9 aprelda iliq havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy, sharqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23−26° iliqgacha, shimolda va janubda 27−32° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2−3° ga ko‘pdir.

5−9 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor, deya ogohlantirishmoqda sinoptiklar.