Navoiyda 150 ming dollarga yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.

G‘. ismli mansabdor shaxs Navoiy shahridagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan 200 kv/metr yer maydonini 150 ming AQSH dollari evaziga boshqa bir fuqaroga sotishni va’da qilgan.

Fuqaro G‘. ushbu mablag‘dan 70 ming AQSH dollarini olayotgan paytida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.