Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Ulardan 1871 nafari 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 3147 nafari tibbiyot xodimlari. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.


Vaksinatsiya bo‘yicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan

Farg‘ona viloyatida 467 nafar, Qashqadaryo viloyatida 389 nafar, Toshkent viloyatida 317 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlandi.