Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi «Sijjak» dam olish oromgohi sotuvga qo‘yilgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maskanning panoramik suratlarini e’orn qildi.

Oromgohda mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshootlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi.

Ushbu maskan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. 2017 yilning 10 fevralida oromgoh Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan edi.

Keyinchalik ushbu qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan Triatlon federatsiyasiga vaqtincha tekin foydalanishga berildi. Keyinroq maskanni ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

Foto

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi