Agrobank O‘zbekinvest bilan hamkorlikda «Omadli Aprel» aksiyasini e’lon qiladi. Aksiya doirasida amaldagi va yangi mijozlarga sovg‘alar ulashiladi.

Sovg‘alar orasida:

  • 10 ta smartfon
  • 5 ta planshet
  • 5 ta televizor bor.

Aksiyada ishtirok etish uchun bankning istalgan filialida 5 000 000 so‘m va undan ortiq miqdorda milliy valyutada omonat ochish kifoya qiladi. Mijoz avtomatik ravishda sovrinli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Eng muhimi, omonat ochishda har bir mijoz O‘zbekinvestdan 10 000 000 so‘m qiymatgacha bepul sug‘urta polisiga ega bo‘ladi.

Sovrinlar o‘yini 5 may kuni o‘tkaziladi va g‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.

Aksiya 1-dan 30 aprelgacha davom etadi.

Batafsil: https://www.agrobank.uz/uz/news/aksiya-aprel

Call-center: 1216