31 mart kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman “Balandchayla” MFY hududida sektor rahbarlari, mas’ul idora rahbarlari va tashkilot vakillarining xalq oldidagi hisoboti bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tumanda qurilishi mo‘ljallangan ko‘pqavatli arzon uy-joylarni ajratishda birinchi navbatda jamoatchilik vakillari, oqsoqollar bilan maslahatlashib uylarni haqiqiy egasiga berishni, Qarshi shahrida qurilgan uy-joylarni kimlarga berilgani va yana o‘zining tashabbusi bilan haqiqiy egalariga topshirilganini misol tariqasida aytib o‘tdi.

“Qashqadaryoga yangi tayinlangan paytim Qarshi shahrida qurilgan arzon uy-joylarni egalarini surishtirganimda, 92 ta xonadondan 23 tasini hokimiyatni ishchilari olgan bo‘lib chiqqan. Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.