Markaziy Osiyoda tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan xaridlar uchun mobil ilova ZoodMall o‘z tarmog‘ini kengaytirishini ma’lum qildi. Kompaniya o‘z ofisini 1400 kvadrat metrgacha kengaytirib, O‘zbekiston fuqarolari uchun qo‘shimcha 100 ta ish o‘rinlarini taklif qilmoqda.

Yangi xodimlarning asosiy vazifasi «Raqamli O‘zbekiston-2030» rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etib, mahalliy sotuvchilarning milliy va global bozorlarda onlayn-sotuvlardagi ulushini oshirishdan iborat bo‘ladi.

ZoodMall o‘z faoliyatini 2018 yilda boshlagan. Kompaniya O‘zbekistondagi mijozlarga 30 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy sotuvchilardan 6 million tovarlarni ZoodPay «Hozir xarid qil, keyin to‘la» yoki mahsulotni olganda naqd to‘lov usullari orqali xarid qilish imkoniyatini beradi.

ZoodMall ilovasida O‘zbekiston, Xitoy va Turkiyadan bo‘lgan mahsulotlar hamyonbop narxlarda taqdim etilgan. Onlayn-do‘kondan arzon va sifatli elektronika jihozlari, smartfonlar, kiyim-kechak, aksessuarlar, go‘zallik, uy va bog‘lar uchun jihozlar bolalar o‘yinchoqlari, shuningdek, mahalliy brendlar mahsulotlarini topish mumkin.

Hozirgi kunda kompaniya Texnomart, Makro, Radius, Elmakon kabi O‘zbekistonning yetakchi chakana savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi va bu mahalliy elektron tijorat bozoridagi onlayn savdoda katta muvaffaqiyatga erishgan sotuvchilarning ba’zilari, xolos. Kompaniya xodimlari soni ortib borishi bilan ZoodMall’da o‘z mahsulotlarini taklif qiladigan chakana sotuvchilar soni ortib borishi kutilmoqda.

«Biz iqtisodni raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarimiz, xususan, ZoodMall raqamli ekotizimini iste’molchilarga ham, sotuvchilarga ham taqdim etish orqali Raqamli O‘zbekiston-2030 rivojlanish strategiyasida ishtirok etishdan nihoyatda manfaatdormiz. Raqamli hamkor sifatida biz elektron tijoratni rivojlantirib, O‘zbekistonning iqtidorli aholisi uchun yuzlab ish o‘rinlarini yaratgan holda mamlakatning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqchimiz», — dedi ZoodMall Uzbekistan bosh direktori Askarbek Alshanbayev.

O‘zbekistonlik sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar ZoodMall platformasida o‘z mahsulotlarini joylashtirishlari va «Hozir xarid qil, keyin to‘la» muddatli to‘lov usuli orqali ko‘proq mijozlarni jalb qilib, sotishlari mumkin bo‘ladi.

ZoodMall savdo platformasidan Qozog‘iston, Iroq, Iordaniya, Kuvayt, Livan va Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan yetti milliondan ziyod iste’molchilar foydalanishadi. Shuning hisobiga, 2021 yil yakuniga kelib o‘zbekistonlik sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilarda o‘z mahsulotlarini Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning boshqa bozorlarida sotish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Playstore va App Store platformalaridan yuklash mumkin bo‘lgan ZoodMall ilovasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun elektron tijorat sohasida, shuningdek uyali aloqa vositalarining barcha asosiy brendlarini taklif qilgan holda smartfonlar va mobil qurilmalar savdosi bo‘yicha birinchi raqamli ilova bo‘lishga intilmoqda.

Agar ZoodMall kompaniyasida ishlamoqchi bo‘lsangiz, orientswiss.recruitee.com saytida o‘z murojaatingizni qoldiring.

Zoodmall telegram kanali

Zoodmall ilovasi

Reklama huquqlari asosida.