Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tegishli prezident qarori imzolandi.

Tayinlovga qadar Sharaxmetov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shaxrux Sharaxmetov 2019 yilning may oyidan 2020 yilning iyuliga qadar Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Ma’lumot uchun, Sh. Sharaxmetov 1977 yilda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgan edi.