Angliya-Shvetsiya AstraZeneca kompaniyasining COVID-19 ga qarshi vaksinasi nomi 25 martda Vaxzevria deb o‘zgartirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu boshqa hech qanday o‘zgarishlarga olib kelmaydi, ammo emlash bo‘yicha mutaxassislar uning nomi o‘zgarishi haqida bilishlari kerak. Chunki mahsulot ma’lumotlari, markirovkalari va qadoqlari boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Nom o‘zgarishi mart oyida vaksinani olgan odamlarda tromboz paydo bo‘lishi haqidagi xabarlar fonida paydo bo‘ldi. Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari ehtiyot chorasi sifatida preparatni qo‘llashni to‘xtatgan edi.

Keyinchalik EMA mutaxassislari AstraZeneca vaksinasi tromboembolik asoratlarning umumiy xavfini oshirganligini tasdiqlamadilar.

Shuningdek, regulyator o‘zining xavfsizligi va samaradorligini ma’lum qildi va COVID-19 ga qarshi kurashda preparatning foydasi mumkin bo‘lgan xavflardan yuqori ekanligini ta’kidladi.