Samarqand shahri «M.Shayxzoda» mahallasida 5 nafar fuqaro xonadonda o‘rnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlandi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda sodir bo‘lgan.

Oqibatda, 4 kishi vafot etdi, 1 nafari kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.