BMT agentliklari Qoraqalpog‘istonda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha қўшма dasturni amalga oshiradi. U BMTning O‘zbekistonni Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi tomonitdan moliyalashtirilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ga BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Dastur «Orolbo‘yi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish» deb nomlandi.

Qo‘shma dasturning maqsadi — qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirish va unga innovatsiyalarni joriy etish, maqbul infratuzilmaga ega bo‘lgan «aqlli» va «raqamli» hamjamiyatlarni rivojlantirishdan iborat.

Dastur 14dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘mak berishi kutilmoqda. Umuman olganda, dastur doirasida Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Bozatov va Qo‘ng‘irot tumanlarining 183200 nafar aholisi benefitsiar bo‘lishadi.

Dastur ikki yarim yilga mo‘ljallangan va 2023 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

Qo‘shma dastur BMT Taraqqiyot Dasturi, BMTning Aholishunoslik sohasidagi jamg‘armasi (YUNFPA) hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.