Suvaysh kanalida sayozlikda turib qolgan Ever Green konteyner kemasi suv yuzasiga chiqarib olindi, deb xabar berdi RBK. Kemalar harakati qachon tiklanishi hozircha noma’lum.

Bloomberg xabariga ko‘ra, qutqaruv guruhlari kemadan 27 ming kubometr qumni olgangandan so‘ng, uni chiqarishga imkon bo‘lgan.

Kanal ma’muriyati rahbari Usama Rabiyning ma’lum qilishicha, ishlar hali tugamagan, ammo kema joyidan qo‘zg‘atilgan.

23 mart kuni Panama bayrog‘i ostidagi Ever Given konteyner kemasi 200 ming tonna sig‘imi bilan sayozga o‘tirib, Suvaysh kanali janubidagi transport harakatini butunlay to‘sib qo‘ygan edi. Bloomberg’ning yozishicha, Suvaysh kanalining bir soatlik ishlamay qolishi global savdo uchun 400 mln dollar, kuniga 9,6 mlrd dollarlik yo‘qotishlarga olib kelmoqda.