Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi J-Village stadionida Olimpiya mash’alasi estafetasi boshlandi, deb xabar bermoqda RBK.

Estafetaning birinchi ishtirokchisi Yaponiya terma jamoasida 2006 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan futbolchi Azusa Ivasimidzu bo‘ldi.

Estafeta Yaponiyaning barcha 47 prefekturalarida o‘tkaziladi va 23 iyulda Olimpiada boshlanguniga qadar 121 kun davom etadi. Yopilish marosimi 8 avgustga belgilangan.

Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli u bir yilga qoldirilgan.

Dastlab tashkilotchilar musobaqaga chiptalarni sotishgan, ammo 20 mart kuni o‘yinlarni tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilingan. Tokio ushbu qaror pandemiya sharoitida xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Tashkilotchilar chiptalarni sotib olgan barcha chet ellik muxlislarning pullarini qoplashni va’da qilishdi.