18 mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumotlar dastlab ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi, so‘ngra O‘zbekiston IIV YHXBB ham tasdiqladi.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Matiz, Cobalt, Damas, «VAZ-2106» va Nexia to‘qnashgan. Jabrlanganlar yo‘q. Tergov olib borilmoqda.

Xabarda hodisaning ehtimoliy sabablari keltirilmagan, biroq internetda e’lon qilingan videorolikka ko‘ra, yo‘l yupqa muz bilan qoplangan. «Gazeta.uz» o‘quvchilari yo‘lning kechasi yuvilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ertalab hududda quyuq tuman ham tushgan.

Qayd etish joizki, shu kuni hududga prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan edi.