«QDPI IJARA» deb nomlangan maxsus ilova Qo‘qon davlat pedagogika institutida yaratilib, foydalanish uchun taqdim etildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ilova ijarada yashaydigan talabalar haqida to‘liq ma’lumot olish, ularning manzillarini xaritada ko‘rsatib berish hamda ijara manziliga qadar boshlab borish imkoniyatini beradi.


Ilova hozircha Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tez kunlarda uning IOS operatsion tizimlari uchun versiyasi ham foydalanishga taqdim etilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

«QDPI IJARA» ilovasini institutning rasmiy saytidan yuklab olish mumkin.