Shoxruh Shoahmedov Toshkent viloyati Parkent tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Shoxruh Shoaxmedov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2004 yilda Sankt-Peterburg Fuqaro akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni
amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

U ushbu lavozimda o‘z vazifasidan ozod etilgan Nig‘mat Muhamedovning o‘rnini egalladi.