Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda boshqa bir shaxsning mulkini sotishga urinish holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro X.T. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, aslida «T» MCHJga qarashli M.Torobi ko‘chasida joylashgan 200 kv metr yer maydonini 150 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. U oldindan 70 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingani aytilmoqda.

Holat yuzasidan X.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.