Seshanba kuni so‘nggi 5 kunda poytaxtdagi kasallanish holatlari sezilarli o‘sgani munosabati bilan koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda Cog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Toshkentda kasallik tarqalishining oldini olishni ko‘zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko‘rilishi belgilandi.

Toshkent shahridagi barcha qurilish ob’ektlarida, o‘sha yerning o‘zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat’iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi.

Transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo‘lovchilar sog‘ligini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yo‘nalishsiz taksilar uch tildagi (o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi) «xavfsiz taksi» maxsus belgisi bilan bepul ta’minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yo‘nalishsiz taksilarning quyidagi talablariga rioya etishlari hisobga olinadi:

  • haydovchining niqobda bo‘lishi;
  • kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
  • avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
  • avtoulov saloni dezinfeksiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.