Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.

Bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Xabar berilishicha, zarur hollarda yig‘ilishlar onlayn tizimda o‘tkazilishi ta’kidlandi.