17 mart tunda O‘zbekistonga Hindistondan 660 ming doza koronavirusga qarshi Covishield vaksinasidan (litsenziya bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining mahalliy nomi) iborat gumanitar yordam yetib keladi, deya xabar berdi Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.

Ushbu preparatlarning umumiy miqdori 1,98 mln dollarga teng bo‘lib, Toshkent xalqaro aeroportiga soat 1:55 kelib tushadi. Vaksina O‘zbekistonga YUNISEF tomonidan COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib beriladi.

Fevral oyi oxirida O‘zbekistonga YUNISEF tomonidan vaksinalarni tashish uchun 223 ta maxsus transport vositalari yuborilgan edi.

Avvalroq, O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasi yuborilishi haqida xabar berilgan edi.

Biroq Yevropaning bir qator mamlakatlari ehtiyotkorlik chorasi sifatida AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.