2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2 767 126 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrga kelib har 100 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:

  • Toshkent shahri — 467 176 ta;
  • Samarqand viloyati — 323 586 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 276 558 ta;
  • Toshkent viloyati — 262 741 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 223 733 ta;
  • Andijon viloyati — 192 944 ta;
  • Xorazm viloyati — 187 457 ta;
  • Buxoro viloyati — 180 478 ta;
  • Namangan viloyati — 180 367 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 150 574 ta;
  • Qoraqalpog‘iston — 113 140 ta;
  • Navoiy viloyati — 75 039 ta;
  • Jizzax viloyati — 72 530 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 60 803 ta.