O‘zbekistonda «Kyongnam banki» (Janubiy Koreya) vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Vakolatxona moliyaviy savodxonlikni oshirishga, shuningdek, Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribalarini O‘zbekistondagi bank-moliya tizimiga kiritishga yordam beradi.

«Kyongnam banki» 1970 yilda tashkil etilgan bo‘lib, BNK Financial Group tarkibiga kiradi. Bank o‘zini Janubiy Koreyaning yetakchi mahalliy banklaridan biri sifatida tavsiya etib kelmoqda.