Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 16 martdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 9,68 so‘mga ko‘tarildi va 10 528,59 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 22,06 so‘mga qimmatladi va 12 558,50 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,17 so‘mga ko‘tarildi va 143,97 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 5 so‘mga qimmatlab, jami 10 519 so‘mni tashkil qilgandi.