Anjey Malinovskiy Beeline Uzbekistan kompaniyasining yangi bosh direktori bo‘ladi. VEON xoldingi saytidagi bayonotga ko‘ra, u 15 mart kuni o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.

Avvalroq VEON Artashes Davtyan «Beeline Uzbekistan» ga rahbarlik qilishini ma’lum qilgan edi, ammo xolding uni ishga qabul qilish jarayoni yakuniga yetmagani haqida xabar bergan.

Anjey Malinovskiy 1968 yil 21 iyunda tug‘ilgan, Polsha fuqarosi. U chakana va elektron tijorat kompaniyalarida ishlagan. 2017 yildan beri u Beeline Georgia kompaniyasining bosh direktori lavozimini egallab kelgan.

Beeline Uzbekistan kompaniyasining sobiq rahbari Sergey Afonin kompaniyani 2020 yil oktyabr oyida tark etgan edi.