Taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmati xabar bermoqda.

Bahrom Yoqubovning dastlabki rejissyorlik ishi 1989 yilda «Yosh yozuvchining kundaligi» qisqa metrajli badiiy filmi bo‘lgan, so‘ngra ko‘p yillar davomida hujjatli filmlarni suratga olgan. U «katta» kinoga 2003 yilda «Sarvinoz» to‘liq metrajli filmi bilan kelgan.

Rejissyor «Baxt uchun million», «Fotima va Zuhra», «Majruh», «Super kelinchak», «Ichkuyov», «Zirapcha», «O Maryam, Maryam», «Fotima», «Tashlandiq», «Antiqa ajrashish» kabi filmlarni suratga olgan.