YUNESKOning «Gana, Gonduras va O‘zbekistonda o‘qituvchilarning malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish va ko‘lamini kengaytirish» loyihasi doirasida O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirishga 435 ming AQSH dollari ajratiladi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur mablag‘ Xalqaro taraqqiyot tadqiqot markazi tomonidan (GPE -KIX) Ta’lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo‘yicha global hamkorlik tashabbusi doirasida ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ikki yillik loyiha (2020−2022) doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 150 maktab va 600 dan ortiq o‘qituvchilarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirish modeli ishlab chiqiladi, deyiladi xabarda.