Mingbuloq tumanida «G» MCHJ rahbari I.D. va boshqalar bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni talon-toroj qilgani aytiloqda. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, jamiyat rahbari va uning tanishlari soxta hujjatlarni tuzib, kredit mablag‘ini naqdlashtirishgan va o‘zlashtirib olgan.

Holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.