Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman bo‘limi boshlig‘i v.b. S. J. «R.M.» MCHJ tomonidan qurilgan «Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor» shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Sementni bozor narxida o‘rtacha 10 mln so‘mga hisoblab, dastlab «Cobalt» rusumli avtomashina uchun akkumulyator hamda 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan S. J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.