«Jizzax — Forish — Qizilcha» yo‘lining 85 — kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi J.S. boshqaruvidagi «Cobalt» Forish tumanida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi «GAZ-31» bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida «Cobalt» da yong‘in kelib chiqqan va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda uning manzildoshi, yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan.

«GAZ-31» haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan vafot etdi.

Avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.