Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 2 avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 4 nafar fuqaro jablandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

7 mart kuni taxminan soat 23:55 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida 27 yoshli O.B. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobil katta tezlikda harakatlanishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda yoritish to‘siniga urilib yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgan va 65 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi boshqa «Cobalt» avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida «Cobalt» avtomobili yo‘lovchilari 28 yoshli Sh. E. va 29 yoshli S.Yu., shuningdek «Cobalt» haydovchisi va 26 yoshli yo‘lovchisi V.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.