Seshanba kuni O‘zbekistonda iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati 20−22 iliqgacha isiydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin va havo harorati 9−14 daraja iliq bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Chorshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7−12 daraja, kunduzi 10−15 daraja iliq bo‘ladi.

Payshanba kuni Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, havo harorati 12−17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Juma kuni havo harorati kunduzi 20−22 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2−7 daraja pasayadi.