COVID-19ga qarshi to‘liq emlangan AQSH fuqarolariga boshqa emlangan odamlar bilan yopiq joylarda niqob taqmasdan va masofani saqlamasdan muloqot qilishlariga ruxsat berildi. Tegishli tavsiyalar AQSH SSV agentligi — CDC (U.S. Centers for Disease Control and Prevention — AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari) tomonidan berilgan.

Tavsiyalarga ko‘ra, COVID-19 og‘ir shaklinining rivojlanish xavfi past hisoblanib, bir oiladan bo‘lgan shaxslar bilan ham ko‘rishishlari mumkin.

CDC shu bilan birga, emlangan odamlarga jamoat joylarida niqob taqishni, odamlar gavjum joylardan uzoq bo‘lishni va masofani saqlashni tavsiya qilmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, odam ikki dozali preparat yoki bir martalik vaksinaning ikkinchi dozasini olganidan keyin ikki hafta o‘tgach, COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan hisoblanadi. CDC ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar 31 milliondan ortiq amerikaliklar (AQSH aholisining 9,5%) koronavirusga qarshi to‘liq emlandi.