5 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.