5 mart kuni taxminan soat 09.30 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 22 yoshli D. R. «Mercedes-Benz» rusumli avtomobilni boshqaruvi davomida piyodalar 41 yoshli G. D. va 58 yoshli X.M.larni urib yuborib, so‘ng 33 yoshli I.K. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomobiliga to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur YTH oqibatida 41 yoshli G. D.ga badan shikastlari yetgan. 58 yoshli X.M. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.