Kun.uz sayti 75 km yo‘l bosib, Popdan Namanganga borib maktabda dars berib kelayotgan Munisa Meliboyeva haqida xabar bergan edi.

O‘qituvchiga Qo‘qon — Namangan yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi elektropoyezdlarida Pop — Namangan va Namangan — Pop yo‘nalishida 2021 yilning 31 dekabriga qadar bepul yurishi uchun sertifikat topshirildi, deya xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati.

Mazkur hujjat Namangan temir yo‘l vokzalida o‘z egasiga topshirildi.

«O‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan ushbu o‘qituvchi qiz har kuni temir yo‘ldan foydalanishini inobatga olib, unga mazkur imtiyozli sertifikat berildi», — deyiladi xabarda.