«Uzbekistan Airways» 20−22 mart kunlari Navro‘z bayrami nishonlanish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar e’lon qildi:

  • individual yo‘lovchilar uchun — 30%;
  • sayyohlik guruhlari, maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, OTM talabalari uchun — 40%;
  • oila (2 va undan ortiq kishi) uchun -50%;
  • nafaqaxo‘rlar uchun — 50%;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 50%;
  • 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun — 50%;
  • 1941−1945-yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va beg‘ubor harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun — 50%;
  • Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun — 50%.

Mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlar Urganch — Farg‘ona, Farg‘ona — Urganch, Toshkent — Nukus, Nukus — Toshkent, Toshkent — Urganch, Urganch — Toshkent, Toshkent — Termiz, Termiz — Toshkent yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.