Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi, deya xabar berdi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi.


Polkovnik Tasbayev Azat Damirovich Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Polkovnik Raxmatullayev Ayubxon Toshxujayevich Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.