Toshkentning Uchtepa tumanida quroldan otilgan o‘qdan yaralangan it topildi, deya xabar bermoqda «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati.

Ariqdan chiqmoqchi bo‘lgan yarador itni befarq bo‘lmagan shahar fuqarosi payqagan. Uni mashina urib yubordi, degan taxmin bilan fuqaro hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Volontyorlarning sa’y-harakatlari bilan it veterinariya klinikasiga olib borilgan, bu vaqtda uning ahvoli keskin yomonlashgan. Shifokorlar rentgen suratlari yordamida hayvonga o‘qotar qurol bilan o‘q uzilganini aniqlagan. O‘q kuchukning to‘qimalarida joylashgan bo‘lib, hozirda jonivorga intensiv terapiya o‘kazilmoqda.


Itga Milli deb nom berishgan. Volontyorlar kuratori kuchukni davolash maqsadida xayriya mablag‘i uchun yig‘im e’lon qildi.

Hayvonlarni himoya qilish jamiyati ushbu voqea yoki hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilingani haqida boshqa holatlarga guvoh bo‘lganlardan «Mehr va oqibat» jamiyatining 93−812−04−13 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.