Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berildi Toshkent davlat yuridik universitetining rasmiy Telegram kanalida.

Kun.uz'ning xabar berishicha, Bahodir Bozorov 27 fevral tunda ham ishlab, ham yashayotgan qurilish ob’ekti hududida, lift uchun betondan tayyorlangan, himoyalanmagan shaxtaga 2-qavatdan yiqilgan. Tez yordam kelavermagach, yaqinlari ko‘chadan patrul mashinasini to‘xtatib, yordam so‘rashgan. Shoshilinch yordam bo‘limida uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

SSV Tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, marhumning bo‘yin, qorin qo‘shma to‘mtoq jarohatlari bo‘yicha oltinchi umurtqa sinishi, orqa miyaga qon quyilishi, shuningdek, jigarining yorilib ketishi va o‘tkir qon ketishi oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan.