Toshkent shahrida 5 nafar talaba noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

27 fevral kuni soat 20:50 larda Yunusobod tumani, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan TATU 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur instituti 2-bosqich talabasi O.I. hamda «Inxa» universiteti 1-bosqich talabasi S. X., larning murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi «a» bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.