Shvetsiyaning Spotify musiqiy striming xizmati O‘zbekistonda ham faoliyat yurita boshladi. Bu haqdagi ma’lumotni kompaniya saytidagi xizmat ko‘rsatilayotgan mamlakatlar ro‘yxatining yangi tahririda ko‘rish mumkin.

Ushbu xizmat iOS va Android platformalari uchun mavjud. Xizmatdan ham bepul, ham pullik asosda foydalanish mumkin. Bundan avval ushbu xizmatdan foydalanish uchun VPN xizmatidan foydalanishga, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa mamlakatni tanlashga to‘g‘ri kelar edi.

Avvalroq xabar berilganidek, Spotify O‘zbekiston bilan bir qatorda yana 84 ta yangi mamlakatda xizmat ko‘rsata boshladi.

Spotify, va’da qilganidek, O‘zbekistonga to‘liq global katalogni taqdim etdi. Spotify platformasida 50 milliondan ortiq musiqalar va 4 milliardan ortiq pleylistlar mavjud.