AQSH Suriyadagi binoga aviatsiya orqali zarba berdi. Bino Damashqni qo‘llab-quvvatlayotgan eronliklardan iborat ko‘ngilli kuchlarga aloqador deb topilgan, deya xabar berdi Politico AQSH mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslanib.

Xabarga ko‘ra, raketa orqali zarba berish buyrug‘ini prezident Jo Bayden bergan. Ta’kidlanishicha, zarba mudofaa maqsadida va ko‘ngilli kuchlarning amerika harbiylariga amalga oshirgan uchta hujumiga javob sifatida amalga oshirilgan.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Pentagon vakili Jon Kirbi ushbu harakatni «Bayden Amerika va koalitsiya bo‘yicha AQSH sheriklarini himoya qilish uchun jiddiy harakatlarga tayyorligini anglatadi» deya izohladi.