Sirdaryo viloyatida fuqaro I.S. (1996 y.t.) 2020 yil 1 dekabr kuni tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘li B.B ni 3.000 AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Sirdaryo xabarlari nashri, viloyat IIB ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

I.S. farzandini tadbir ishtirokchisiga sotgan vaqtida, pullar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB TEQKB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval, Navoiy viloyatida niqohsiz dunyoga kelgan 3 oylik bolasini 25 ming AQSH dollariga sotgan ayol ushlangan edi.

So‘nggi uch yil mobaynida O‘zbekistonda chaqaloq savdosi bo‘yicha 185 holat aniqlangan. Ushbu jinoyatlarning asosiy sabablari onalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan himoyasizligi va nikohsiz bolalar tug‘ilishini yashirish istagi ekanligi ma’lum qilingan edi.