Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda Toshkent Avtovokzali rasmiy kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda havo harorati hafta davomida sovushi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda.