Toshkent Avtovokzali rasmiy kanali Toshkent avtovokzalidagi shaharlararo reyslar qayta tiklanganligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noqulay ob-havo sharoiti sababli 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, chorshanba kuni Toshkentni kuchli qor qopladi, havo harorati pasayib, yo‘llarda avtobus qatnovlari uchun noqulay ob-havo yuzaga keldi.