AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatda COVID-19 asoratlaridan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirlash munosabati bilan AQSHda besh kunlik motam e’lon qildi.

«Bugun biz juda achinarli va ko‘ngilni xira qiladigan voqeani belgilab qo‘ymoqdamiz — 571 ming inson vafot etdi. Bir yillik pandemiya davomida Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi va Vetnam urushlaridagidan ko‘proq amerikalik olamdan o‘tdi», — dedi Jo Bayden Oq uydagi nutqida.

U buning davom etishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini va amerikaliklarni masofa saqlashga, niqob taqishga, shuningdek, vaksina bilan emlanishga chaqirdi.

Jo Bayden AQSHda emlash tezligi kuniga 1,7 mln kishiga yetganini ta’kidladi. Shu sabab 100 kun ichida 100 mln fuqaroni emlash va’dasi rejadaganidan tezroq amalga oshishi haqida ma’lum qildi.

AQSH ommaviy emlash uchun hozirdi ikki xil vaksina — Pfizer va Moderna preparatlarini qo‘llamoqda.